Andijonda tuman kadastr boshqarmasi rahbari 1 ga yerni 50 ming dollarga pullamoqchi boʻldi

15:26 11 Avgust 2021 Jamiyat
201 0

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi DXX hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazdi.

Unda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi Oltinkoʻl tuman filiali rahbari “M.A.” mansab vakolatidan foydalanib, fuqaro “U.A”dan 6000 AQSH dollar miqdorida pora olayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan qoʻlga olindi.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu mansabdor shaxs ariza muallifi “U.A”dan Oltinkoʻl tumanida joylashgan tuman hokimligi zahirasidagi 1 ga yer maydoni uchun egalik huquqini beruvchi qarorni tuman hokimligida yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali chiqarib berish hamda ushbu yer uchun kadastr pasportini tayyorlab berishni vaʼda qilib, evaziga fuqaro “U.A”dan 50.000 AQSH dollar talab qilgan va shundan 6000 AQSH dollarni avans sifatida olgan.

Hozirda fuqaro “M.A”ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov xarakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?