Andijonda tadbirkorning 484,1 mln soʻmini oʻzlashtirish holati aniqlandi

17:27 18 Avgust 2022 Jamiyat
388 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.J.» MCHJ sobiq bosh hisobchisi X.A. korxonaning hisob raqamidan oʻzining va tanishi Z.F.ning nomidagi plastik kartalarga jami 484,1 mln soʻmni ish haqi va xizmat safari harajatlari uchun oʻtkazib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?