Andijonda tadbirkordan 1 000 AQSH dollari talab qilgan yuriskonsult ushlandi

14:22 12 Aprel 2024 Jamiyat
872 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Andijon shahar elektr taʼminoti korxonasi yuriskonsulti G.E. “E.H.” MCHJning 57 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi holati boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma va toʻplangan hujjatlarni huquqni muhofaza qilish organlarga yubormasdan, yetkazilgan zararni yoʻq qilib berishi evaziga 1 000 AQSH dollari talab qilib, shundan 400 AQSH dollari va 5 mln soʻmni tanishi F.B. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер