Andijonda soʻnggi ikki yilda 139 nafar mansabdor korrupsiya bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etgan

Andijon viloyati hokimligida viloyat, shahar va tuman kengashlari deputatlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va boshqa korxona, tashkilotlar vakillari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda viloyat prokurori Gʻayratjon Fozilov hududdagi korrupsiyaviy jinoyatlarni tahlil qildi. Unda maʼlum qilinishicha, viloyatda soʻnggi ikki yilda 139 nafar mansabdorlar turli koʻrinishdagi korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etganligi uchun javobgarlikka tortilgan. Natijada yetkazilgan moddiy zarar miqdori 18 mlrd. soʻmdan oshdi. Bundan tashqari, 17 mlrd. soʻmdan ortiq byudjet mablagʻlarini talon -taroj qilish holatlari aniqlanib, bu qilmishlar uchun 30 nafar shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildi. Bunday holatlar, asosan, qurilish, bank, energetika sohalariga toʻgʻri keladi. Hududiy jihatdan olib qaraganda, Andijon shahrida, Xoʻjaobod, Asaka, Jalaquduq, Marhamat, Oltinkoʻl, Buloqboshi tumanlarida ularning salmogʻi koʻproq.
Korrupsiyaviy jinoyatlar deyarli barcha sohalarda mavjud boʻlib, bundan aksariyat hollarda oddiy xalq jabr koʻrgan. Birgina “Har bir oila – tadbirkor”dasturi doirasida soʻnggi ikki yilda aholiga tarqatilishi lozim boʻlgan 700 mln. soʻm miqdoridagi imtiyozli kredit bank mansabdor shaxslari tomonidan talon - toroj qilingan. Masalan, «Milliybank»ning Shahrixon filiali mansabdor shaxslari S.R. va Z.D. 19 nafar fuqaro nomiga qalbaki hujjatlar tayyorlashib, 378 mln. soʻmni shaxsiy manfaatlari uchun oʻzlashtirib yuborgan.
Yigʻilishda jinoyatning ushbu turi sodir etilish sabablari atroflicha tahlil qilinib, unga qarshi kurash va oldini olish borasida amalga oshirilishi zarur boʻlgan muhim masalalar muhokama etildi.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda yashayapman, oʻzbekcha gapiryapman — Ortiqxoʻjayev ruscha gapirishini soʻragan fuqaroga javob qaytardi
- Kun fotosi: Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev kelin-kuyovga elektr choynak sovg'a qildi
- Ikkalang ham noinsofsan! — Prezident Namangan shahar hokimi va prokuroriga qattiq tanbeh berdi
- UFC prezidenti Habib Nurmagomedov borasida muhim qarorga kelinganini maʼlum qildi
- “Xalq soʻzi” tanlovida ishtirok eting va tahririyatning qimmatbaho sovgʻasini qoʻlga kiriting!
- Facebook 7 million yevro jarimaga tortildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring