Andijonda rais ruxsati bilan noqonuniy daraxt kesgan fuqaro jarimaga tortildi

12:15 14 Avgust 2022 Jamiyat
578 0

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijonda daraxt qotillari” degan mazmunda eʼlon qilingan murojaat yuzasidan Andijon viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda Andijon shahar hokimligi oʻrganish olib bordi.

Joriy yilning 13-avgust kuni Andijon shahar, “Oʻzbekiston mustaqilligining 21 yilligi” MFY koʻchasi, 202 a-uy yonida joylashgan 1 (bir) dona qayragʻoch daraxtini tegishli ruxsatnomasiz, noqonuniy ravishda shu manzilda yashovchi fuqaro T.A 3-avgust kuni katta shoxi sinib tushganligi, hasharotlar bilan zararlanganligini bildirib, MFY raisini xabardor qilib kesib yuborganligi aniqlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan fuqaro T.Aga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari miqdorida hamda “Oʻzbekiston mustaqilligining 21 yilligi” MFY raisi X.Xga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida maʼmuriy jarima belgilandi.

Oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar 76 mln 500 ming soʻm hisoblanib, tegishli hujjatlar sud organlariga taqdim etish uchun rasmiylashtirilayotganligini maʼlum qilamiz, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?