Andijonda qiymati 42 mlrd. soʻmlik loyihani olib bermoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi

14:28 12 Aprel 2024 Jamiyat
553 0

Andijon tumanida yashovchi, 1966 y.t. А.B. va Andijon shahrida istiqomat qiluvchi, 1971 y.t. Х.U. oʻzaro til biriktirib, yoʻl qurilishi sohasida faoliyat yurituvchi MCHJ rahbarining ishonchiga kirishadi.

Ular yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, MCHJga Asaka tumanidagi “4R-112” avtomobil yoʻlining 4 km. qismiga asfaltobeton qoplamasini yotqizish boʻyicha loyihani olib berish evaziga, loyiha uchun ajratiladigan 42 mlrd. soʻmning 10 foizini (4,2 mlrd. soʻm) berishini talab qilishadi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan Andijon shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda А.B. soʻralgan pul mablagʻi hisobidan 20 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер