Andijonda qalbaki valyuta kupyuralarining muomalaga kiritilishi toʻxtatildi

03:23 18 Yanvar 2022 Jamiyat
353 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltinkoʻl tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A.S., I.O. va T.K.lar oldindan til biriktirib, fuqaro O.ga qalbaki 400 AQSH dollarini 2,1 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, qalbakiligini bilmagani holda qalbaki valyuta qimmatliklarini olib, uni keyinchalik oʻtkazgan shaxsning qilmishi ham jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Shu bois, oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy toʻlov vositasi hisoblangan milliy valyuta “soʻm”dan yoxud chet el valyutasida ochilgan hisobvaraqlardan foydalanish orqali oʻzingizni noqonuniy harakatlardan asragan boʻlasiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер