Andijonda qaynonasining nomiga kredit olgan erkakning mashinasi olib qoʻyildi
Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida qaynonasining nomiga kredit olib, qarzlarini toʻlamasdan yurgan kuyovning “Cobalt” avtomashinasi jarima maydoniga qoʻyildi. Bu haqda “Xalq soʻzi”ga MIB matbuot kotibi Farrux Toshpoʻlatov maʼlum qildi.
Bildirilishicha, B.J. qaynonasi M.X.ning nomiga bankdan bir nechta kredit olib, toʻlovlarini vaqtida toʻlamagan. Shu sababli, qaynona kredit toʻlovlarini oʻzi toʻlab yurishga majbur boʻlgan. Oqibatda, qaynona toʻlangan pullarni qaytarib berilishini soʻrab, sudga murojaat qilgan.
Sud hujjati ijrosi yuzasidan byuroning Buloqboshi tuman boʻlimi tomonidan ijro ishi yuritish qoʻzgʻatilib, taraflar ogohlantirilgan. Biroq qarzdorlik qoplanmagach, qarzdor B.J.ga tegishli boʻlgan “Sobalt” avtomashinasi xatlangan.
Fuqarolik ishlari boʻyicha Xoʻjaobod tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan javobgar B.J.dan daʼvogar M.X. foydasiga 10 mln soʻm zarar pullari undirilishi ham belgilangan va yetkazilgan zarar pullari toʻliq undirilgan. Shuningdek, avtomashinani xatlash jarayonida ijro harakatlariga toʻsqinlik qilgani sababli, qarzdor 1 mln 700 soʻm miqdorida qoʻshimcha jarima toʻlashiga toʻgʻri kelgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring