Andijonda oʻn minglab gektar maqsadsiz hududlar oʻzlashtirilmoqda

Foto: Халқ сўзи
Andijon viloyatida oʻn minglab gektar maydonlardan iborat adirlik mavjud boʻlib, uning 5 ming 71 gektari oʻzlashtirilmagan. Vaholanki, bu yerda sugʻorish tizimini joriy etish orqali katta daromad olish mumkin. Viloyat hokimligi tashabbusi bilan boshlangan saʼy-harakatlar ana shu maqsadga yoʻnaltirilgan boʻlib, hozirda Marhamat tumanidagi 720 gektar maydonda oʻzlashtirish ishlari olib borilmoqda.

— Ayni paytda tumanning Yoʻldosh Oxunboboyev nomli massiviga qarashli 100 gektar maydonga 500 ming tup “Yangi Andijon” navli tut koʻchatlari oʻtqazilmoqda, — deydi tut urugʻchiligi va koʻchatchiligiga ixtisoslashgan “Ipak koʻchat klasteri” rahbari Abdufattox Musulmonqulov. — Buning uchun Vyetnam tajribasini qoʻllashga qaror qildik. Yaʼni, hududlar aholiga taqsimlab beriladi. Ular tut koʻchatlari parvarishi bilan bir qatorda oraliq maydonda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishlari mumkin.

Bu kabi foydalanilmay turgan yer maydonlari mutaxassislar tomonidan oʻrganilmoqda. Tez orada ulardan foydalanish tartiblari joriy etiladi. Bir soʻz bilan aytganda, viloyatning har bir qarich yeridan unumli foydalaniladi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2020 yildan beri o‘zbekistonliklar 255 kg oltin quymalar sotib olgan
- Oʻzbekistonda ilk bor UNWTO Bosh Assambleyasi sessiyasi oʻtkaziladi
- 2023-yil iyul-avgust oylari davomida Davlat byudjeti xarajatlari daromadlarga nisbatan 12,2 trln. soʻmga koʻp boʻlgan
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Oʻzbekistonning togʻli hududlarida 15-sentabr kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring