Andijonda oliy taʼlim muassasalari soni yana bittaga koʻpaydi

10:39 28 Oktyabr 2021 Jamiyat
225 0

Foto: Халқ сўзи

Asaka shahrida Collegium humanum – Varshava menejment universiteti filiali oʻz ishini boshladi. U nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi. Oʻqitish 12 ta yoʻnalish boʻyicha Varshava menejment universiteti tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalari va fan dasturlariga muvofiq ingliz, rus va oʻzbek tillarida olib boriladi. Pedagoglarning 70 foizini Polsha Respublikasi va Yevropaning boshqa davlatlaridan jalb etilgan oʻqituvchilar tashkil etadi.

– Asosiy qabul 2022-yilning mart oyidan tashkil etiladi,-deydi universitetning Andijon filiali rektori Abdurauf Abdullayev. – Hozirda esa 60 nafar talaba bilan ish boshlayapmiz. Taʼlim jarayoni shu yilning 1-noyabr kunidan boshlanadi.

– Ushbu taʼlim maskani oʻzbekistonlik yoshlarni jahon talablariga mos mutaxassislar etib tayyorlash bilan bir qatorda ikki davlat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni mustahkamlashga ham xizmat qiladi, - deydi ochilish marosimida soʻz olgan Varshava menejment universiteti rektori, professor Pavel Charneski. – Universitet filialida yuqori sifatli taʼlim jarayonini tashkil etish uchun barcha sharoit yaratildi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?