Andijonda «Neksiya» haydovchisi velosipedchini urib yubordi

17:23 24 Mart 2021 Jamiyat
642 0

Joriy yilning 24-yanvar kuni soat 17:30 larda, Andijon viloyati, Marhamat tumani hududidan oʻtgan 4R-140 avtomobil yoʻlining 27-kilometrida, haydovchi, 1994-yilda tugʻilgan A.Sh «Neksiya» rusumli avtomobilda harakatlanayotib, yoʻlni kesib oʻtayotgan velosipedchi, 1995-yilda tugʻilgan J.A.ni urib yuborgan. Velosipedchi yiqilgandan soʻng, ushbu yoʻnalishda kelayotgan haydovchi, 1998-yilda tugʻilgan A.A. «Neksiya» rusumli avtomobilda yiqilgan velosipedchini urib yuborgan.

Natijada velosipedchi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabariga koʻra, mazkur YTH yuzasidan Marhamat tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tegishli hujjatlar toʻplanib, tuman Jinoyat ishlari boʻyicha sudiga yuborilish choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер