Andijonda muz saroyi ish boshladi
Andijon shahrida “ICE RINK Oʼzbegim” nomi bilan ataluvchi muz saroyi foydalanishga topshirildi. 350 nafar tomoshabinni sigʻdira oladigan saroyda bir paytning oʻzida 50 nafar sportchilar amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etishlari mumkin.
— Umuman olganda, viloyatimizda sportning istalgan turi bilan shugʻullanish uchun barcha sharoitlar mavjud ediyu, biroq, muz saroyi yoʻq edi, — deydi Andijon shahrida yashovchi Marhaboxon Nasriddinova. —Yaratilayotgan bu imkoniyatlar nafaqat, sportchilar uchun, balki, aholi uchun ham koʻplab qulayliklarni keltiradi. Zero, sogʻlom turmush tarziga rioya qilish uchun eng avvalo, shu kabi saroylarimiz, maydonlarimiz boʻlmogʻi kerak. Muz saroyi foydalanishga topshirilganligidan gʻoyatda xursandman!
Yangi saroyda 20x40 oʻlchamdagi tabiiy muz qoplamali sport maydoni, erkaklar va ayollar uchun fitnes zali, majmuaga tashrif buyuruvchilar uchun umumiy ovqatlanish maskani hamda “konki” ijara markazi ham ish olib boshladi
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring