Andijonda Lacetti rusumli avtomashina yonib ketdi

21:13 15 May 2024 Jamiyat
110 0

Фото: Видеодан кадр

Andijon viloyati Asaka tumanida Lacetti rusumli transport vositasida yongʻin chiqdi. Bu haqda viloyati IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi

Maʼlum qilinishicha, bugun, 15-may kuni soat 11:20 larda Asaka tumani Qashqar mahallasi Ziyolilar 58 yoshli S.A.ga tegishli Lacetti rusumli transport vositasining dvigatel qismidagi nosozlik tufayli yongʻin kelib chiqqan.

Oqibatda transport vositasining old qismi qisman yongan. Yongʻin oʻt oʻchiruvchi ekipajlar tomonidan toʻliq bartaraf etilgan. Hodisadan tan jarohati olganlar yoʻq. Hozirda qoʻshimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda 

Eslatib oʻtamiz, kecha, 14-may kuni Toshkentda Cobalt yonib ketgandi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер