Andijonda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

13:10 10 Avgust 2022 Jamiyat
209 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ulugʻnor tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.A. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan 840 dona “Ilko regapen” va 140 dona “Tropikamid” nomli dori vositalarini fuqaro S.ga 20,6 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, jami 2 772 dona “Ilko regapen” hamda 145 dona “Tropikamid” nomli dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер