Andijonda kollej diplomini olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

15:04 04 Avgust 2022 Jamiyat
451 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻrgʻontepa tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro T.Yu. boshqa bir fuqarolar N. va S.ga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali tibbiyot kollejini tugatganligi haqida diplom olib berishi evaziga 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер