Andijonda kartoshka-piyozning narxi qancha?

17:54 24 Yanvar 2023 Jamiyat
357 0

Foto: Xalq so‘zi

Qish mavsumida kundalik oziq-ovqat mahsulotlari taʼminotida taqchillik yuzaga kelishi va buning ortidan narx-navo oʻsib ketishining oldini olish ayni zaruratga aylanadi. Sir emas, shu kunlarda respublikamiz bozorlarida ayrim qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining narxi keskin oshdi. Jumladan, bozorlarda kartoshka va piyozning bir kilogrammi 10-12 ming soʻmdan sotilmoqda. Bu kabi holatlar aholini tashvishga solayotgani, baʼzida eʼtirozlarga sabab boʻlayotgani bor gap.

Andijon viloyati shahar va tumanlaridagi barcha dehqon bozorlarida aholining qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirish va qulaylik yaratish maqsadida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etildi.

— Roʻzgʻorda kartoshka-piyoz boʻlmasa, qozon qaynamaydi, — deydi paxtaobodlik Karimjon Patiddinov. — Qish kunlari esa kamida ikki martalab qozon osamiz. Sababi, qahraton sovuqda tanamizni ovqat “ushlab turadi”. Mana bunday arzonlashtirilgan savdo yarmarkalarining ochilgani juda yaxshi ish boʻldi. Narx-navoga kelsak, minnatdor boʻlishga arziydi. Masalan, bir kilogramm kartoshka 4,5-5 ming, piyoz 4-5 ming, mol goʻshti 60 ming soʻmdan sotilmoqda.

Oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkalarida narx-navoning sunʼiy oshishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida mahalliy hokimliklar tomonidan zarur choralar koʻrilmoqda.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер