Andijonda ikkita yuk mashinasi, “Damas” hamda “Spark” ishtirokida YTH sodir boʻldi
Foto: Videodan kadr
Andijon viloyati Shahrixon tumanida ikkita yuk mashinasi, “Damas” hamda “Spark” ishtirokida YTH sodir boʻldi. Hodisa yuzasidan viloyat YHXB maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa bugun, 3-oktyabr kuni soat 17:00 larda, Shahrixon tumani Yangi vahim MFY hududidan oʻtuvchi Xalqaro ahamiyatga ega A-373 avtomobil yoʻlining 406 km.da yuz bergan.
Aniqlik kiritilishicha, haydovchi T.R. “Damas” rusumli avtomashinada harakatlanib kelayotib keskin toʻxtab qolgan, shu bois uning orqasidan kelayotgan “Spark” ham shu zahoti tormozlashga majbur boʻlgan. Bu vaqtda mazkur avtomobillar orqasidan, FAV rusumli yuk mashinasini tortib kelayotgan “Howo” ob-havo sharoitini inobatga olmagani va oraliq masofa saqlamagani tufayli toʻqnashuv sodir etgan.
“Ushbu YTH oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq, transport vositalari texnik shikastlangan”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sharqda hammasi tinch emas: Xitoy va AQSH Tinch okeanida faollashgani aytilmoqda
- Vatan va vijdon
- Aktrisa Halima Ibragimova 45 yoshida vafot etdi
- Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti etib saylandi
- Rasman Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov lavozimdan ketdi. Uning vazifasini bajaruvchi ham tayinlangan
- Sirdaryoda Toʻra Sulaymon uy-muzeyi ochildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring