Andijonda IIB avtomobildan pul oʻgʻirlagan shaxsni barmoq izi orqali topdi

14:04 14 Avgust 2022 Jamiyat
408 0

Foto: Arxiv surat

Joriy yilning 4-avgust kuni Asaka tumani “Navkan” mahallasida yashovchi fuqaro J.A. IIBga xabar berib, oʻziga tegishli “Spark” rusumli avtomashinasi salonidagi hamyoni ichidan 1.500 AQSH dollari hamda 600.000 soʻm pullarini nomaʼlum shaxslar tomonidan oʻgʻirlab olib ketilganligini maʼlum qilgan.

Oʻgʻirlik holati yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Asaka tumani IIB tergov-tezkor guruhi tarkibida hodisa joyiga borgan tuman EKG katta eksperti tomonidan avtomashinani koʻzdan kechirish davrida qoʻl barmoq izlari aniqlanib olingan.

Olingan qoʻl barmoq izlari tuman EKG katta eksperti tomonidan gumondorlar daktoxaritalari bilan solishtirib, tekshirilganida qoʻl barmoq izlari Asaka tumani “Muqumiy” mahallasida yashovchi S.Sh. ismli shaxs tomonidan qoldirilganligi aniqlanib, gumondordan ashyoviy dalillar xolislar ishtirokida bayonnoma orqali olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?