Andijonda huquqiy aksiya oyligi qizgʻin davom etmoqda
Adliya vazirligi tomonidan shu yil 20-yanvardan 20-martga qadar huquqiy aksiya oyligi eʼlon qilingan edi. Mazkur oylik davomida fuqarolar tomonidan oʻzlariga tegishli boʻlgan, biroq turli sabablar bilan rasmiylashtirilmay qolgan hujjatlarni tiklash koʻzda tutilgan. Bu boradagi saʼy-harakatlar Andijon viloyatida ham qizgʻin olib borilmoqda.
— Fuqarolar orasida huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan targʻibot ishlari tashkil etilayotganiga qaramay, afsuski, hujjatlar bilan bogʻliq masalalarda muammolar yoʻq emas, — deydi Andijon shahar FXDY boʻlimi boshligʻi Gʻofirjon Salomov. — Ayniqsa, tugʻilganlik, nikoh tuzilganligi, ajrashish va oʻlim bilan bogʻliq holatlarga oid hujjatlarni rasmiylashtirishda aholi tomonidan eʼtiborsizlik holatlari kuzatilmoqda. Bu ularning hayoti davomidagi huquqiy jarayonlarda oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatadi. Aksiya boshlangan kundan boshlab 1250 nafar aholiga shu kabi hujjatlar rasmiylashtirib berildi.
Tadbir davomida fuqarolarning murojaatlari qabul qilinibgina qolmasdan, balki, sayyor shaklda ham xizmat koʻrsatilyapti. Natijada ayni paytgacha 2777 nafar shaxsga elektron raqamli imzo berish, “Mobile-ID” tizimida roʻyxatga olish, kadastr pasportlarini shakllantirish va boshqa turdagi davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring