Andijonda hokimlar yoshlarga ogʻir atletika, kurash va boksdan saboq berdilar
Andijon viloyatida boʻlib oʻtayotgan respublika “Yoshlar forumi”da 64 ta sektorda turli madaniy, maʼrifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Ayniqsa, yoshlarni sportga jalb etish maqsadida uyushtirilayotgan tadbirlar ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotmoqda. Unda sektor rahbarlari sportning oʻnlab turlari boʻyicha yoshlarga master klass oʻtmoqdalar.
— Yoshlarning barchasi iqtidorli, — deydi Xonobod shahar hokimi Mashʼalbek Tojiboyev. — Ularga sharoit yaratib berilsa, toʻgʻri yoʻnaltirilsa oʻz iqtidorini namoyish etib, yurtimiz shaʼnini munosib himoya qila oladilar.
Mashʼalbek Tojiboyev bugun ogʻir atletika sport turi boʻyicha tashkil etilgan musobaqalarda dast koʻtarish va siltab koʻtarish boʻyicha oʻz master klassini namoyish etgan boʻlsa, Asaka tumani hokimi Mansurbek Alixonov sportning kurash yoʻnalishi boʻyicha mahorat mashgʻulotini tashkil etdi.
— Har bir kunni sport mashgʻuloti bilan boshlayman, — deydi Mansurbek Alixonov. — Uzoq yillar ichki ishlar boshqarmasida xizmat qilganim bois jismoniy mashgʻulotsiz hayotimni tasavvur eta olmayman. Tumandagi har bir mahallaga bir nafar sport ustasini jalb etib, mahalla yoshlarini sport bilan shugʻullanishlari uchun yetarli sharoit yaratganmiz.
Bu kabi master-klass Paxtaobod tumanida ham boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimi Mahmudjon Bozorov yosh bokschilar bilan ringga tushdi. Sektor rahbari bilan bir maydonda kuch sinashning oʻziga xos gashtini his etgan yoshlar uchun bu kabi tadbirlar sektor rahbarlarining ibrat maktabi vazifasini ham oʻtamoqda.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring