Andijonda haydovchi “Spark” avtomobilida ikki nafar voyaga yetmagan piyodani urib yubordi

08:41 15 Sentyabr 2021 Jamiyat
249 0

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Andijonda “Spark” haydovchisi ikki nafar piyodani urib yuborgani yuzasidan YHXBB maʼlumot berdi.

Joriy yilning 12-sentyabr kuni soat 16:00 larda Andijon viloyati, Andijon shahar, Bobur shoh koʻchasida joylashgan “Abu saxiy” savdo doʻkoni yaqinida haydovchi, 1997-yilda tugʻilgan F.N. “Spark” rusumli avtomobilda harakatlanayotib, tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyidan yoʻlni kesib oʻtayotgan, voyaga yetmagan, 2005-yilda tugʻilgan M.B hamda 2011-yilda tugʻilgan M.A.larni urib yuborgan.

Natijada ikkala piyoda ham tan jarohatlari olib viloyat shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Andijon shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?