Andijonda goʻrkovni tuproq bosib qoldi 

19:56 15 May 2024 Jamiyat
490 0

Andijon viloyatining Xonobod shahrida qabr qaziyotgan goʻrkovni tuproq bosib qoldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi

Maʼlum qilinishicha, bugun, 15-may kuni soat 9:11 da viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Xonobod shahar Markaziy qabristonida fuqaroni qabr qazish vaqtida tuproq bosib qolgani toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan.

Qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borishgan. Maxsus asbob-anjomlar yordamida qutqaruv ishlari amalga oshirilgan. 

Tezkor harakatlar natijasida fuqaro tuproq ostidan olib chiqilib, birinchi yordam koʻrsatilgan va shifoxonaga yuborilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi va u shifokorlar nazoratida ekani taʼkidlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер