Andijonda fuqarolarning oʻqishini koʻchirib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

17:13 06 Avgust 2022 Jamiyat
673 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Izboskan tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro G.E. boshqa fuqarolar M. va T.ning qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasi Oliy taʼlim muassasasidagi oʻqishlarini tanishlari yordamida Toshkent menejment va iqtisodiyot professional profil institutiga koʻchirib berishni 3 600 AQSH dollariga kelishib, oldindan 900 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?