Andijonda fuqarolarni Germaniya davlatiga ishga joʻnatishga vaʼda qilgan firibgar aniqlandi

21:57 13 Avgust 2021 Jamiyat
235 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.Q. 2019-yilning oktyabr oyiga qadar tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazida ishlagan davrida, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 3 nafar fuqaroni Germaniya davlatida oliy maʼlumot talab etilmaydigan yengil ishga yuborish evaziga ularning jami 11 450 AQSH dollarini olib, oʻzining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?