Andijonda fuqaro prokuratura binosi oldida oʻziga oʻt qoʻydi. Bosh prokuratura holatga izoh berdi

20:40 30 Noyabr 2020 Jamiyat
540 0

2020-yil 24-iyul kuni soat 23-00 larda Marhamat tumani, “Tosh yoʻli” MFY, “Sadoqat” koʻchasida yashovchi fuqaro N.M. (1999-y.t.), sevgan yigitini kutib turgan voyaga yetmagan T.M.ni uyali telefoniga rasmga olib, ushbu fotosuratlarni uning ota-onasi va profilaktika inspektoriga koʻrsatishini aytgan. Holatga Bosh prokuratura izoh berdi.

Ushbu maʼlumotlar boshqalarga oshkor boʻlishidan qoʻrqib, T.M. oʻzini osib, joniga qasd qilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 141-1-moddasi (Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Marhumaning onasi S.B. olib borilayotgan tergov harakatlaridan norozi boʻlib, 2020-yil 30-noyabr kuni soat 12-15 larda Andijon viloyat prokuraturasiga kelgan va viloyat prokurorining birinchi oʻrinbosari F.Raxmanov tomonidan qabul qilingan.

Fuqaro S.B. qabul jarayonida tergovchi tomonidan ularning talablari bajarilmasdan, uning fikricha qizining vafotiga aybdor boʻlgan N.M.dan yetkazilgan zarar hisobiga «Spark» avtomashinasi undirilmayotganligidan noroziligini bildirgan.

Viloyat prokurorining birinchi oʻrinbosari F.Raxmanov qabul jarayonida jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari davom etayotganligi, «Spark» avtomashinasini undirish tergov organlarining vakolatiga kirmasligini, tergov yakuni boʻyicha barcha aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy choralar koʻrilishini tushuntirgan.

Olingan javobdan qoniqish hosil qilmagan fuqaro S.B. «Spark» avtomashinasi undirilmagan taqdirda oʻziga oʻt yoqib, joniga qasd qilishini bildirib, viloyat prokuraturasini tark etgan. Vaziyat keskinlashuvi va boshqa holatlarni oldini olish uchun Andijon viloyat IIB post-patrul xizmati xodimlari viloyat prokuraturasiga chaqirilgan.

Shundan soʻng, shu kuni soat 13-20 larda S.B. viloyat prokuraturasi avtomashinalar turargohida baqirib, boshqa shaxslarni oʻziga jalb qilib, turmush oʻrtogʻi X.T.dan 1 litrli plastmassa idishda boʻlgan “Benzin” yoqilgʻisi va gugurtni olib, oʻzining yelka qismlariga quygan va turmush oʻrtogʻi X.T. tomonidan oʻzini yoqishi va viloyat prokuraturasi binosi ichiga yugurib kirib ketishi haqida koʻrsatma olganidan soʻng oʻziga oʻt qoʻyib yoqib yuborgan.

Shu vaqtda voqealar rivojini kuzatib turgan Andijon viloyat IIB post-patrul xizmati xodimlari tomonidan S.B.ning egnida yonayotgan kiyimlari yechib olinib, uning kuyib ogʻir tan jarohati olishi oldi olingan.

Ayni vaqtda S.B.ning yuzi, qoʻllari, boʻyin va koʻkrak qafasi sohalari jami tanasining 15 foiz qismi kuyish tashxisi bilan shifoxonaga joylashtirildi.

Mazkur holat boʻyicha Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?