Andijonda elektr energiyasi taʼminoti yaxshilandi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Qish fasli yaqinlashgani sari aholini elektr energiyasi taʼminoti bilan bogʻliq tashvishlari ortadi. Shu bois “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Andijon hududiy filiali tomonidan 71 ta MFYda sohaga oid muammolarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Andijon shahridagi “Bogʻi eram” MFYda 100 dan ortiq aholi xonadonlarida taʼminot sifati yaxshilandi.
– Har yili kuz-qish mavsumida elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar kuzatilardi, – deydi ushbu mahallada yashovchi Sobirjon Soyibnazarov. – Ayniqsa, yogʻingarchilik paytlari chiroqsiz oʻtirardik. Mahallamizda olib borilgan saʼy-harakatlar tufayli mavsumni betalafot oʻtkazadigan boʻldik. Buning uchun hududimizga 26 ta temir beton tayanchlar oʻrnatilib, 1000 metr masofaga elektr uzatish tarmogʻi tortildi. 1 ta transformator ishga tushirildi.
Rejaga binoan, 32,9 km. tarmoq tortish, 56 ta transformatorlarni ishga tushirish hamda 1177 ta temir beton tayanchlarni oʻrnatish orqali hamyurtlarimizning elektr energiyasiga ehtiyojini toʻliq qondirish koʻzda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sharqda hammasi tinch emas: Xitoy va AQSH Tinch okeanida faollashgani aytilmoqda
- Vatan va vijdon
- Aktrisa Halima Ibragimova 45 yoshida vafot etdi
- Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti etib saylandi
- Rasman Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov lavozimdan ketdi. Uning vazifasini bajaruvchi ham tayinlangan
- Sirdaryoda Toʻra Sulaymon uy-muzeyi ochildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring