Andijonda “Cobalt” haydovchisi ikki nafar voyaga yetmagan bolani urib yubordi

17:19 08 Aprel 2026 Jamiyat
445 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hududida “Cobalt” haydovchisi ikki nafar voyaga yetmagan bolani urib yuborgani aks etgan videotasvirlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati maʼlumot berdi.

Unda aytilishicha, shu yilning 3-aprel kuni soat 18:47 larda, Andijon shahar “Hamdoʻstlik” MFY Mustaqillik koʻchasida, 1995-yilda tugʻilgan haydovchi D.M. oʻzining “Cobalt” rusumli transport vositasida turar joy dahasidan harakatlanib kelayotib, eʼtiborsizlik oqibatida ushbu joyda turgan ikki nafar voyaga yetmagan bolalarni urib yuborgan.

Voyaga yetmagan bolalarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida shifokorlar koʻrigidan oʻtkazilgan. Hozirda bolalarning ahvoli yaxshi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi YHXB xodimi tomonidan sodir etilgan YTH boʻyicha hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?