Andijonda “Captiva” keksa piyodani urib, qochib ketdi 

15:43 31 Oktyabr 2021 Jamiyat
1453 0

Andijonda 30-oktabr kuni “Captiva” 63 yoshli keksa piyodani urib yuborib, yoʻl-transport hodisasini keltirib chiqardi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Habarga koʻra, voqea soat 16:00 atrofida Andijon tumani Xartum MFY hududidan oʻtgan yoʻlda sodir boʻlgan. 1974-yilda tugʻilgan N.U boshqaruvidagi “Captiva” yoʻl qatnov qismini kesib oʻtayotgan 63 yoshli piyodani urib yuborib, voqea joyidan yashiringan.

Taʼkidlanishicha, koʻrsatilgan tibbiy muolajaga qaramay, piyoda shifoxonada vafot etgan. Olib borilgan tezkor surishtiruvda YTHni Andijon shahrida yashovchi 1974-yil tugʻilgan N.U sodir etgani maʼlum boʻlgan. Haydovchi oʻziga yaqin tanishini voqea joyiga joʻnatganda tezkor surishtiruv yoʻllari bilan fuqaroni “Captiva” urib, qochib ketgani aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?