Andijonda bugʻdoyning ertapishar navi yaratildi

15:40 30 May 2022 Jamiyat
295 0

Foto: Халқ сўзи

Andijonlik olimlar rossiyalik hamkorlar bilan birgalikda «Ultra» nomli bugʻdoyning ertapishar navini yaratdi. Xoʻsh, uning afzal jihatlari nimada?

— Xabaringiz bor, Oʻzbekiston sharoitida bugʻdoy oʻrish mavsumi iyun oyining birinchi oʻn kunligida amalga oshiriladi, — deydi Andijon viloyat agrotexnologiyalar markazi direktori Aʼzamjon Yoʻldoshev. — Yangi nav erta hosilga kirishi sababli uni may oyining birinchi oʻn kunligida oʻrish imkoniyati yaratiladi. Bu tabiatdagi issiq harorat hukm surishiga qadar hosilni toʻliq yetiltirish, suvni ikki martagacha iqtisod qilish va hosildan boʻshagan maydonga bahorgi ekinni ekish imkonini beradi.

Andijon tumanida sinovdan oʻtkazilgan ushbu bugʻdoy navi sovuqqa, qurgʻoqchilikka va turli kasalliklarga chidamliligini isbotladi. Uning namlik darajasi 12,7 foizni tashkil etmoqda. Amaldagi meʼyorlarga binoan 14 foizgacha boʻlgan namlikni oʻzida mujassam etgan bugʻdoy isteʼmol uchun yaroqli hisoblanadi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?