Andijonda bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan naqd pullarni oʻzlashtirgan sobiq bank xodimlari aniqlandi

14:13 16 Avgust 2022 Jamiyat
182 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buloqboshi tumani boʻlimi tomonidan AT “Xalq banki” Andijon viloyat filialining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, AT “Xalq banki” Buloqboshi filiali kassiri hamda buxgalter nazoratchisi vazifalarida ishlagan I.M. va Sh.Sh.lar joriy yilning 16-25-iyul kunlari oʻzlariga biriktirilgan 3 ta bankomatga naqd pullarni joylashtirish vaqtida jami 111 mln soʻmni oʻzlashtirib olganliklari aniqlangan.

Tekshiruv davomida yetkazilgan zararning toʻliq qoplanishi taʼminlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?