Andijonda bayramoldi muruvvat tadbirlari davom etmoqda

14:06 15 Avgust 2022 Jamiyat
235 0

Foto: Xalq so‘zi

Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligini munosib kutib olish maqsadida joylarda “Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida keng qamrovli tadbirlar boʻlib oʻtmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri “Mahalla” xayriya jamoat fondining Andijon viloyat boshqaruvi tomonidan Andijon tumanidagi “Boʻtaqora muruvvat uyi”da tashkil etildi.

Tadbir doirasida ushbu maskanda yashovchi 345 nafar otaxon uchun yangi yotoqxona anjomlari topshirildi.

— Bundan tashqari fond huzuridagi “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi orqali viloyatdagi 41 ming 440 ta oilaga 11 mlrd. 993 mln. soʻmlik ijtimoiy yordam mablagʻi yoʻnaltirildi, — deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Andijon viloyat boshqaruvi raisi Baxtiyorjon Tursunov. — Ayniqsa, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da turgan fuqarolarni moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilyapti.

Koʻngillarga taskin, quvonch va yorugʻlik ulashuvchi bunday bayramoldi tadbirlari Andijon viloyati shahar va tumanlarida qizgʻin davom etmoqda.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?