Andijonda avtobuslar toʻqnashib ketdi

17:03 10 Sentyabr 2021 Jamiyat
379 0

Ijtimoiy tarmoqda videosi tarqalgan, Andijon shahrida toʻqnashgan ikki avtobus yuzasidan YHXBB maʼlumot berdi.

2021-yil 10-sentyabr kuni soat 15:00 larda, Andijon viloyati, Andijon shahar, Bobur shoh koʻchasida joylashgan “Mumtoz” savdo majmuasi yaqinida haydovchi A.X. “ZHONGTONG” rusumli avtobusni ortga boshqarayotgan vaqtda orqa tomonda toʻxtab turgan haydovchi N.M. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli avtobusning old tomoniga toʻqnashgan.

Natijada, “ZHONGTONG” rusumli avtobusning orqa oynasi sinib moddiy zarar yetgan. Tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq.

Mazkur toʻqnashuv yuzasidan Andijon shahar IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?