Andijonda aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun ajratilgan mablagʻlarni talon-toroj qilish holati aniqlandi

12:27 06 Oktyabr 2022 Jamiyat
214 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtaobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.C.» MCHJ rahbari N.A. “Suv taʼminoti va oqava suv obyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi” UK Andijon viloyat hududiy boshqarmasi masʼul shaxslari bilan oʻzaro til biriktirib, tumandagi “Qoraqoʻrgʻon” MFYda aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash boʻyicha amalda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali 249,2 mln soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?