Andijonda aholi xonadonlaridan birida yongʻin chiqdi

13:51 24 Mart 2025 Jamiyat
188 0

Videodan kadr

Andijon viloyatidagi uylardan birida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 24-mart kuni soat 10:30 da Andijon shahar “Mustaqillik” MFY Ye.Ashurov koʻchasida joylashgan uylarning birida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra, 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 10:34 da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin 10:37 da oʻrab olingan va 10:45 da oʻchirilgan.

Yongʻin oqibatida uyning 30 kv/m maydonda tom qismi yonib zararlangan. Yongʻin-qutqaruvchilarning tezkor harakatlari tufayli uyning 100 kv m maydoni yongʻindan saqlab qolinib, boshqa tutash uylarga tarqalishi oldi olingan.

Taʼkidlanishicha, yongʻindan tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер