Andijonda 612 mln soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
Foto: Prokratura departamenti
Andijon tumanida energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Andijon tumanida “A” MChJ masʼul shaxslari va boshqalar oʻzaro til biriktirib, gʻisht mahsulotlari ishlab chiqarishda Beshpahlavon MFYdagi nasos stansiyasi hududida suv nasosini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga toʻgʻridan toʻgʻri ulagan. Natijada 411,4 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Shuningdek, “V.k.” MChJ masʼul shaxslari va boshqalar MChJning Andijon tumani, Otchopar MFY hududidagi suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga toʻgʻridan toʻgʻri ulab, 200,6 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring