Andijonda 6 ta yangi korxona ochilishi tufayli 4 ming 700 kishi ishli boʻldi

Foto: Xalq so‘zi
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yillik sanasi oldidan Andijon viloyatining Boʻston, Shahrixon, Andijon, Buloqboshi tumanlari hamda Xonobod shahrida jami 6 ta yangi korxona foydalanishga topshirildi.
Xususan, Shahrixon tumanidagi “Sahovat teks” MCHJ tomonidan 25 mlrd. soʻm mablagʻ evaziga barpo etilgan oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish korxonasida 200 ta ish oʻrni yaratildi.
Ushbu korxona bugundan boshlab “Rohatijon” nomi ostida paxta yogʻi mahsulotini ishlab chiqara boshladi. Uning ahamiyatli tomoni shundaki, mahsulot qizdirilib qadoqlangani bois toʻgʻridan-toʻgʻri isteʼmolga tavsiya etiladi. Bir litri 16 ming soʻmga baholanmoqda va bu Fargʻona vodiysi viloyatlaridagi eng arzon yogʻ mahsuloti hisoblanadi.
Shuningdek, yuqorida keltirilgan hududlarda oʻz faoliyatini boshlagan korxonalarda trikotaj, poyabzal mahsulotlari, tayyor kiyimlar va maʼdanli suv ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Yangi loyihalar tufayli 4 ming 700 nafar hamyurtlarimiz oʻzlarining doimiy ish joyiga ega boʻldilar.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring