Andijonda 6ta avtomobil YTHga uchradi

16:48 19 Sentyabr 2021 Jamiyat
872 0

Andijonda 6ta avtomobil YTHga uchradi. Bu haqda YHXBB xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 18 sentyabr kuni soat 18:05 larda Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani, Ko‘makay M.F.Y hududidan o‘tuvchi 4R130 avtomobil yo‘lining 6-kilometrida:

1) Haydovchi 1989 yilda tug‘ilgan Gʻ.A. boshqaruvidagi “Dongfeng” yuk avtomobili;

2) Haydovchi 1992 yilda tug‘ilgan B.Yu. boshqaruvidagi “Damas”;

3) Haydovchi 1973 yilda tug‘ilgan Sh.M. boshqaruvidagi “Damas”;

4) Haydovchi 1958 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi “Neksiya”;

5) Haydovchi 1958 yilda tug‘ilgan M.J. boshqaruvidagi “Matiz”;

6) Haydovchi 2000 yilda tug‘ilgan X.A. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

Natijada, “Damas” avtomobili yo‘lovchisi bo‘lgan fuqaro M.F. shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?