Andijonda 6 ming dollar evaziga Koreyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

13:29 22 Iyul 2021 Jamiyat
609 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.N. boshqa bir fuqaroga oʻzini mehnat migratsiyasi sobiq xodimi sifatida tanishtirib, uni Koreya Respublikasiga 5 oy muddatga ishga yuborishi evaziga 6 000 AQSH dollari talab qilib, shundan 1 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?