Andijonda 48 nafar boʻlgʻusi shifokor qizlarning shartnoma puli toʻlab berildi

Foto: “Xalq so‘zi”
Respublikamizda navqiron avlod vakillarining oliy taʼlim olishi va jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish borasidagi chora-tadbirlar mazmun-mohiyatan yanada keng qamrov kasb etmoqda. Ayniqsa, bu jarayonda xotin-qizlarning ishtirokini taʼminlash doirasidagi ishlar gʻoyatda quvonarli. Jumladan, Andijon davlat tibbiyot institutida taʼlim olayotgan 48 nafar ehtiyojmand oilalarning talaba qizlari shartnoma puli Andijon viloyat hokimligi va institut tomonidan qoplab berildi.
– Qaysiki mamlakatda taʼlimni rivojlantirish uchun talabaning iqtidori qoʻllab-quvvatlansa, shu davlatning kelajagi porloqdir,– deydi ota-onalar nomidan minnatdorlik izhor etgan Sayyora Akbarova. – Bugun hukumatimiz tomonidan farzandlarimizga berilayotgan eʼtibor, qoʻllab-quvvatlash vaqti kelib juda katta iqtisodiy-ijtimoiy foyda keltirishiga ishonaman.
Bu kabi xayrli ishlar viloyatdagi boshqa oliy oʻquv yurtlarida ham davom etamoqda.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring