Andijonda 2 mln soʻmlik telefonga bankdan 18 mln soʻmlik toʻlov xati keldi

12:10 04 May 2021 Jamiyat
515 0

Andijon shahrida istiqomat qiluvchi Orzixon Axchaboyeva ham Oltinkoʻl tumanidagi “Shona” maishiy buyumlari doʻkonidan kreditga “Samsung J2» qoʻl telefonini oldi.

Biroq, koʻp oʻtmay “Xalq banki”ning Oltinkoʻl tumani filialidan qoʻshimcha 18 mln. 922 ming 917 soʻmga kredit foizini toʻlash toʻgʻrisidagi xat keldi. 

Isteʼmolchining bormagan idorasi, arz qilmagan odami qolmadi.  Bank qogʻozida koʻrsatilgan mablagʻni koʻrib, telefon ishlatishga ham yuragi betlamay qoldi. Boshi qotgan ayol, axiyri,  Andijon  shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Oʻrganishlar natijasida tushunmovchilik barham topdi.

Saminjon HUSANOV,

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?