Andijonda 1,7 milliard dollarlik yangi loyihalar shakllantirilgan

18:49 15 Fevral 2024 Siyosat
141 0

Prezident Andijon viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. 

Qayd etilganidek, xitoylik investorlar bilan hamkorlikda jami 1,7 milliard dollarlik 26 ta loyiha ustida ish borilmoqda. Ular enegretika, elektrotexnika, mashinasozlik, to‘qimachilik, qurilish materiallari, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va infratuzilma kabi muhim sohalarda.

Masalan, mini gidro elektr stansiyalar, uy-joy va ko‘ngilochar maskanlar qurish, elektrobuslar va ular uchun akkumulatorlar, keramogranit va beton panellar, dori vositalari ishlab chiqarish, gilos va rezavor mevalar yetishtirish kabi loyihalar ko‘plab ish o‘rinlari, iqtisodiy samaradorligi bilan xalqimizga katta manfaat keltiradi.

Davlatimiz rahbari xitoylik investorlar bilan suhbatlashdi. Ular O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik yuksak darajaga chiqqani, mamlakatimizdagi ulkan imkoniyatlar ishbilarmonlarga ishonch berayotganini ta’kidlashdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?