Andijonda “Damas”lar oʻrniga avtobuslar harakati yoʻlga qoʻyildi

09:23 27 Sentyabr 2021 Jamiyat
407 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Andijon viloyatida jamoat transport xizmatini yanada yaxshilash maqsadida 14 ta avtobus olib kelindi. Ayni paytda ular viloyat markazining asosiy yoʻnalishlarida harakatlana boshladi.

— Avvallari bu yoʻnalishlarda “Damas” mashinalari xizmat koʻrsatgan,-deydi yoʻlovchi Sobirjon Rahmonov. — Tan olish kerak, ular biz, yoʻlovchilar uchun koʻp noqulaylik tugʻdirardi. Yangi avtobuslar keng, oʻrindiqlar yumshoq, qishda issiq, yozda salqin boʻlar ekan. Haydovchi bir paytning oʻzida ham tashqarini, ham ichkarini kuzatishi uchun videokuzatuv kameralariga ega. Eng muhimi, keksalar va nogironlar uchun alohida joylari bor ekan.

Bu yil viloyatda 70 ta ana shunday avtobuslar 12 ta yoʻnalishda harakatlanishini taʼminlash koʻzda tutilgan boʻlib, shu kungacha ularning 34 tasi yoʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatib kelmoqda.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?