Andijonda 1 ta korxona 173 mln. 905 ming soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi

19:10 25 Sentyabr 2023 Jamiyat
345 0

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda Andijon viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida Xoʻjaobod tumanidagi “M. G.” MCHJ elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Xususan, mazkur MCHJga qarashli tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasining elektr qurilmalari elektr hisoblagichdan tashqari holatda noqonuniy ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 173 mln 905 ming 650 soʻm (386 ming 457 kVt⋅soat) miqdorda zarar keltirganligi maʼlum boʻldi.

Maʼlumot uchun: ushbu miqdordagi elektr energiyasi 1 ming 932 ta xonadonning bir oylik isteʼmoliga tengdir.

Aniqlangan holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер