Andijon viloyatida IIBning sobiq xodimi qalbaki pasport tayyorlagani uchun ushlandi

12:26 15 Yanvar 2022 Jamiyat
343 0

Andijonda Ichki ishlar boshqarmasining sobiq xodimi qalbaki pasport tayyorlagani uchun hukm qilindi.

Maʼlumotlarga koʻra, Xoʻjaobod tumanida yashovchi fuqaro 2017-yil avgust oyidan 2021-yil fevraligacha Xonobod shahar ichki ishlar boʻlimi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi inspektori hamda Qoʻrgʻontepa tuman IIB huzuridagi 13-, 15-son ichki ishlar boʻlinmalari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi inspektori lavozimlarida ishlab kelgan.

Qayd etilishicha, erkak qoidalarni buzgani uchun Oʻzbekistonga kirishi taqiqlangan fuqarolarga qalbaki pasportlar tayyorlagan.

Qoʻrgʻontepa tuman sudi jinoyatchini Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi (Hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish) va 209-moddasining 2-qismi (soxtakorlik) bilan aybdor deb topdi. Erkak 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolandi, shuningdek, uch yil muddatga ichki ishlar idoralari tizimida ishlash taqiqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?