Andijon va Namangan viloyatlarida kredit mablagʻlarini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buloqboshi tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Sh.A.» MCHJ rahbari R.A. bank filialidan ajratilgan 500 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻi evaziga taʼminotchi korxonadan qabul qilib olgan maishiy texnika jihozlarini sotuvidan tushgan mablagʻlarni kredit qarzdorligini soʻndirishga yoʻnaltirmasdan, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K-I.» MCHJni norasmiy boshqarib kelgan M.K. va boshqalar, MCHJga tikuv dastgohlarini sotib olish uchun ajratilgan 170 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻini boshqa maqsadlarda foydalanib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring