Andijon shahrida 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir boʻldi

Joriy yilning 23-mart kuni soat 11:30larda, Andijon viloyati, Andijon shahar, “Yangi Oʻsh” koʻchasida joylashgan “Rohat avtoservis” binosi qarshisida:
1) haydovchi, 1978-yilda tugʻilgan M.M. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli;
2) haydovchi, 1989-yilda tugʻilgan J.X. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli;
3) haydovchi, 1990-yilda tugʻilgan K.M. boshqaruvidagi «Labo» rusumli;
4) haydovchi, 1994-yilda tugʻilgan M.E. boshqaruvidagi yana bir «Lasetti» rusumli avtomobillar ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻlgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.
YTH natijasida, «Labo» rusumli avtomobil haydovchisi K.M.ga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Andijon shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, toʻqnashuv yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring