Andijon mashinasozlik instituti hamkorlari safi kengaymoqda

Foto: Xalq so‘zi
Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida Texnika universitetlari assotsiatsiyasining 30 yilligiga bagʻishlangan xalqaro anjumanda yuzdan ortiq nufuzli oliy taʼlim muassasalari vakillari qatorida Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyev ham ishtirok etmoqda.
— Ushbu anjumanda ishtirok etish asnosida shunga amin boʻldikki, xalqaro ilmiy jamoatchilikda Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalariga qiziqish kuchli, — deydi rektor U. Turdialiyev. — Tadbir doirasida Peterburg davlat universiteti hamda Gʻarbiy Ural davlat universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish yuzasidan oʻzaro kelishuvga erishdik,. Mazkur kelishuvlarga binoan kelgusida har ikkala tomon oʻqituvchi-professorlari oʻrtasida pedagogik tajriba va talabalarning oʻzaro bilim olish almashinuvlari tashkil etiladigan boʻldi. Bu esa, tabiiyki, yoshlarimizning jahon talablariga mos taʼlim olish imkoniyatini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring