Andijon davlat tibbiyot institutida 65 yoshli hindistonlik tahsil oladi

Foto: Xalq so‘zi
Muralit Xapan Karayadas asli hindistonlik. Uzoq yillar davomida bank sohasida faoliyat yuritgan. 60 yoshida nafaqaga chiqqach, bolalikdagi orzusi – shifokor boʻlish maqsadida tahsil olishga qaror qilgan. Hozirda Andijon davlat tibbiyot institutining 5-bosqichida taʼlim olmoqda.
— Taʼlim olish uchun yoshning ahamiyati yoʻq, — deydi u. — Yashar ekanmiz, demak, bilim olishda davom etishimiz kerak. Men ham keksalik gashtini surib yurishim mumkin edi, biroq orzumni amalga oshirishga, shifokor boʻlishga qaror qildim. Buning uchun Andijon davlat tibbiyot institutini tanlaganim bejiz emas. Sababi, ushbu oliygohning xalqaro maydonda oʻz oʻrni bor. Bu yerda dunyoning oʻndan oshiq davlatlaridan kelgan talabalarni uchratishingiz mumkin. Taʼlim berishning innovatsion usuliga alohida eʼtibor qaratilishi, xorijlik oʻqituvchilarning ham jalb etilgani yana bir yutuqli tomonidir. Talabalar oʻz ixtiyoriga koʻra ingliz yoki rus tili yoʻnalishlarida bilim oladilar.
Biz institutda boʻlib, xorijlik talabalar faoliyati bilan tanishar ekanmiz, chindan ham ular orasida qoʻshni davlatlar bilan bir qatorda Hindiston, Pokiston, Rossiya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlar fuqarolari borligiga guvoh boʻldik.
— Ayni paytda bu yerda tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni 400 nafardan ziyod, — deydi Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madaminjon Madazimov. — Ularning eng koʻpini Pokiston va Hindiston fuqarolari tashkil etadi. Xalqaro munosabatlarni yanada shakllantirish, taʼlim sifatini oshirish borasidagi ishlarimiz samarasi tufayli kelgusi oʻquv yilidan boshlab har ikkala davlatdan yana 300 nafar yigit-qizni taʼlimga jalb qilishni rejalashtirganmiz. Ularning taʼlim va dam olishlari, iqtidorini namoyish etishlari, eng muhimi, jahon talablariga javob bera oladigan bilim koʻnikmasiga ega shifokorlar boʻlib yetishishlari uchun barcha imkoniyatlarni ishga solganmiz.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring