“AND GOLD” mahsulotlari – yuz foiz eksportga

20:48 01 Dekabr 2021 Jamiyat
267 0

Andijon viloyati Izboskan tumanidagi “AND GOLD” masʼuliyati cheklangan jamiyatida ayni paytda 900 nafar opa-singillarimiz doimiy ish bilan band. Eʼtiborlisi, ular tomonidan tayyorlanayotgan yuz turdagi tayyor kiyim-kechaklar bejirimligi hamda yuqori sifati bilan mahalliy turdosh korxonalar mahsulotlaridan ajralib turadi.

– Biz, ishchilarning yaratilgan sharoitdan koʻnglimiz toʻq,– deydi korxona tikuvchisi Dilafroʻz Dolimova. – Bepul tushlik va transport xizmatidan foydalanamiz. Muhimi, maoshlarimizni oʻz vaqtida olamiz. Ishlab, oilamizga ham, jamiyatga ham nafimiz tegayotganidan, ochigʻi, mamnunmiz.

Sharoit yaxshi, texnologiyalar zamonaviy, xom ashyo taʼminoti barqaror joyda mahsulotlar sifati ham yuqori boʻladi. Shu maʼnoda korxona oʻz mahsulotlarini ichki bozorda sotishiga zarurat ham qolmayapti. Boisi, “AND GOLD”  kiyim-kechaklari yuz foiz eksportga chiqarilmoqda.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?