«Amirsoy»da 700 tup qimmatbaho daraxt kesib tashlanganligi yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

11:42 16 Sentyabr 2021 Jamiyat
341 0

 

Avvalroq, Boʻstonliq tumanidagi «Amirsoy» kurort zonasida naqd 700 tup qimmatbaho daraxt kesib tashlangani haqida xabar bergan edik.

Bosh prokuror matbuot kotibining xabariga koʻra, holat nazoratga olingan.

Boʻstonliq tumanidagi «Amirsoy» kurort zonasida 700 tup atrofidagi qimmatbaho daraxtlar kesib tashlanganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?